O‘zbekiston va Xitoy Tashqi ishlar vazirlari O‘zbekiston fuqarolariga 30 kun davomida Xitoy Xalq Respublikasiga vizasiz sayohat qilish huquqini beruvchi kelishuvni imzoladilar. O‘zgarishlarning kuchga kirishi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 60 kungacha vizasiz kirish rejimini rasman joriy qildi. Bunday reja may oyi oxirida e’lon qilingandi.
O‘mon O‘zbekiston fuqarolari uchun 14 kunga vizasiz rejim joriy qildi. Ushbu muddatdan ko‘proqqa qolishni istaganlar aeroportga kirishda viza olishlari mumkin.
Tailand OAV 1-iyundan 36 ta davlat (jumladan, O‘zbekiston) uchun vizasiz rejim joriy qilinishi haqida yozgandi. O‘zbekiston TIV bu bo‘yicha Tailand hukumati qarori borligi, ammo hali rasman ma’lumot berilmaganini ma’lum qildi. Tailanddan rasmiy nota olinishi bilan qo‘shimcha xabar beramiz, deyiladi xabarda.
Turizm sohasiga doir yig‘ilishda tadbirkorlar bir qator takliflar ilgari surdi. Soha bo‘yicha dual ta’lim, keksa xorijliklar uchun 6 oylik vizasiz rejim joriy qilish, milliy mehmonxona brendlarini yaratish — shular jumlasidan. Prezident turizmni rivojlantirish bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzishni taklif qildi.
Tailand 1-iyundan mamlakatga vizasiz kirish huquqiga ega davlatlar sonini 57 dan 93 taga oshirmoqda, ular orasida O‘zbekiston ham bor. Shuningdek, tashrif buyuruvchilarning qolish muddati 60 kungacha uzaytirilmoqda.
Qirg‘iziston va Qozog‘iston fuqarolariga AQSh 10 yillik viza beradi, ammo O‘zbekiston fuqarolariga beriladigan viza muddati bir yildan oshmaydi. Chetdan bu AQShning adolatsizligidek ko‘rinishi mumkin, ammo, iqtisodchi Behzod Hoshimovning yozishicha, bu masala yechimi AQSh emas, aynan O‘zbekistonning qo‘lida.
Prezident qarori bilan Shovot tumanida 3,1 gektar yerda “O‘zbekiston-Turkmaniston” savdo zonasi tashkil qilinadi. Unda faqat 2 mamlakat mahsulotlari sotiladi. Mahsulotlarni kiritishda bojxona to‘lovi to‘lanmaydi. Turkmaniston orqali keluvchi chet elliklar vizasiz, pasport bilan 15 kun hududda bo‘lishi mumkin.
Eron TIV mamlakatga sayyoh sifatida keladigan 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan vizasiz kira olishini ma’lum qildi. Bunday qaror orqali Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yilishi bildirilgan.
Eron turizm vaziri Ezzatollah Zarg‘amiy O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov bilan uchrashuvda ikki davlat o‘rtasidagi sayyohlik vizalarini bekor qilish yo‘llari izlanayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston fuqarolari endi Qatarda 30 kungacha vizasiz yurishi mumkin. Bunda ulardan qaytish chiptasiga ega va xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 6 oydan kam qolmagan bo‘lishi talab etiladi. Iyunda O‘zbekiston ham xuddi shunday rejimni joriy qilgandi.
O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri mamlakatga keladigan kunda bu haqdagi farmonni imzoladi.
Qozog‘iston va Xitoy hukumatlari o‘z fuqarolari uchun har ikki yo‘nalishda ham vizasiz rejim joriy etishni rejalashtirmoqda. Vizasiz qolish muddati chegarani kesib o‘tgan paytdan boshlab 30 kunni tashkil qiladi.
Uzbekistan Airports kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolari uchun xorijga chiqishda viza talab etilmaydigan va vizasiz belgilangan muddatlarda yurish mumkin bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxatini taqdim etdi.
Turkiya hukumati Turkmanistonning iltimosiga ko‘ra, turkmanistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi. Avvallari mazkur davlat fuqarolari Turkiyada turizm maqsadida 30 kungacha vizasiz qolishi mumkin edi.
Prezident farmoni bilan 2023 yil 1 yanvardan boshlab 30 kun muddatga Saudiya Arabistoni fuqarolari uchun O‘zbekistonda vizasiz rejim joriy qilinadi.
Mo‘g‘uliston TIV O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etilganini e’lon qildi.
Martdan boshlab Bahrayn Qirolligi, Qatar, Quvayt, Ummon Sultonligi va XXR, shu jumladan Xitoyning Gonkong va Makao maxsus ma’muriy hududlari fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting